685 02.02.2026
Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan Maʼmuriy kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda. Ulardan biri ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning shaʼni va qadriyatlari kamsitilishi bilan bog‘liq. Yaʼni, uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik qilish va jamoat tartibi, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi harakatlar uchun alohida javobgarlik belgilanyapti.
Azamat Pardayev: ijtimoiy tarmoqlar rivoji jamiyatda jazosizlik degan qarashning shakllanishiga sabab bo‘ldi va bu avvalo qonun-qoidalarni yaxshi bilmaslik bilan bog‘liq. Bugunning eng og‘riqli muammosi ham shu aslida.