686 02.02.2026
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga egalik huquqini berish bo‘yicha qabul qilingan qonun ijrosi yuzasidan bugun amaliyotda tizimli muammolar yuzaga kelmoqda. Ulardan biri soliq qarzdorligi bilan bog‘liq. Hozirda xatlovdan o‘tkazilgan aksariyat ko‘chmas mulk obyektlarining soliq qarzdorligi bo‘lgani bois, eʼtirof etish to‘xtatilgan.
Muhokama qilingan qonun loyihasi bilan endi soliq qarzdorligi BHMning 30 baravarigacha bo‘lgan taqdirda ham huquqlarni eʼtirof etishga ruxsat berilmoqda. Bu borada belgilangan 5 oylik, yaʼni 150 kunlik muddatni 50 kunga tushirish taklif etilmoqda.