681 02.02.2026
Keyingi yillarda madaniy meros sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati, tuzilmasi, vazifa va faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, ushbu sohada yangicha davlat boshqaruvi shakllantirildi. Jumladan, Madaniy meros agentligi alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi. Bu qonunchilikda ushbu organning rasmiy nomi va vakolatlarini aniqlashtirishni talab etmoqda.
Yig‘ilishda "Milliy tiklanish" madaniy meros obyektlarini himoya qiluvchi yagona partiya ekanidan kelib chiqib, muhokama qilingan qonun loyihasi bir ovozdan ikki o'qishda maʼqullandi.