536 06.02.2026
AQSHda bo‘lib turgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senatorlardan iborat delegatsiya amerikada yashayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi. Muhokama mavzusi Yangi O‘zbekiston islohotlari jarayoni bo‘ldi. Vatandoshlarimiz, ayniqsa, davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
Jumladan, bir yurtdoshimiz yaqinda shaxsiy hujjatini masofadan turib, qisqa vaqtda notarial rasmiylashtirganini maʼlum qildi. Bu bilan nafaqat vaqt tejaldi, ortiqcha sarf-xarajatning ham oldi olindi. Aks holda vatandoshimiz buning uchun AQSHdan O‘zbekistonga kelib ketishga majbur bo‘lar edi. "Bunday amaliyot ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda, hatto AQSHning o‘zida ham to‘liq emas", – deydi vatandoshimiz.