Maʼnaviy inqiroz Navoiyni o‘qilmayotgani bilan bog‘liq


878     09.02.2026

Bugun buyuk shoir, davlat va jamoat arbobi, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Fraksiya yig‘ilishi avvalida Alisher Qodirov Navoiy asarlarining ahamiyati haqida gapirib, bugun dunyoda yuz berayotgan nafaqat maʼnaviy inqiroz, balki barcha noxushliklar Alisher Navoiy ijodi o‘qilmayotgani, o‘qilsada to‘g‘ri anglanmayotgani bilan bog‘liq ekanini taʼkidladi.

– Bu borada yurtimiz boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘larli. Yangi O‘zbekiston islohotlarida Navoiyning insonni ulug‘lash, taʼlim-tarbiyaga katta eʼtibor qaratish, barcha xalqlar o‘rtasida tinchlik-totuvlikni mustahkamlash bilan bog‘liq qadriyatlariga asoslangan, – dedi fraksiya rahbari.