676 09.02.2026
Asosiy masalalar muhokamasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsmanning 2025-yildagi faoliyati muhokamasi bilan boshlandi. Ombudsman Feruza Eshmatovaning taʼkidlashicha, kelib tushgan murojaatlar soni o‘tgan yili 26372 tani tashkil etgan va bu 2024-yilga nisbatan 12,6 foizga ko‘p. Murojaatlarning 54,6 foizi erkaklardan, 45,4 foizi esa xotin-qizlardan bo‘lgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p murojaat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridan bo‘lgan. Eng kam murojaat esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatidan kelib tushgan.