868 09.02.2026
Millat genofondini giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi moddalardan himoya qilish bilan bog‘liq qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ham bir ovozdan maʼqullandi. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi "Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar" nomli alohida bo‘lim bilan to‘ldirilmoqda.
"Milliy tiklanish" Jinoyat kodeksiga millat genofondi bilan bog‘liq alohida bo‘lim bilan to‘ldirilayotganini qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki bu partiya uchun eng ustuvor masala hisoblanadi. Endi voyaga yetmaganlarni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilishga jalb qilganlar 10 yilgacha qamaladi.