698 11.02.2026
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarning strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarilgani ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganini yaqqol namoyon etadi. Oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlar esa, shubhasiz, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish hamda sanoat, transport-logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha belgilangan rejalar ikki mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirib, iqtisodiy o‘sish va farovonlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik ham alohida eʼtiborga molik. Taʼlim, fan, madaniyat va turizm yo‘nalishlaridagi almashinuvlar xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. Tarixiy va maʼnaviy rishtalarning eʼtirof etilishi esa bugungi hamkorlik uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikning izchil rivojlanishi nafaqat ikki tomonlama manfaatlarga, balki keng mintaqada barqarorlik, ishonch va o‘zaro hamkorlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa kelgusida yanada keng ko‘lamli va samarali hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratadi.
Rajabboy HASANOV,
partiyaning Buxoro viloyati Kengashi raisi