Boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni


521     12.02.2026

“Vatandosh bilan suhbat” loyihasi doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi. Loyiha mehmoni Javoharlal Nehru universiteti doktoranti, tarixchi Muzaffar Haqberdiyev bo‘ldi.

Yosh olim Boburiylar avlodining Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida maʼlumotlar berib, sulola bu yurtda ilm-fan, madaniyat va sanʼat rivojida muhim o‘ringa ega bo‘lganini taʼkidladi. Ayniqsa, Boburiylardan qolgan betakror tarixiy inshootlar bugun Hindistonda turizm taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Masalan, Toj Mahaldan tushadigan bir kunlik mablag‘ agraliklarning bir oylik daromadiga teng bo‘lishi aytiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari tarixi va buguni, taʼlim tizimi, hind yoshlari hayoti bilan bog‘liq savollarga ham javob qaytarildi.