672 16.02.2026
O‘tgan yilning iyun oyida uzluksiz 90 kundan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan 18 dan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, ishlash uchun yurtimizga kelgan xorijliklarni majburiy OIV tekshiruvidan o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihasi maʼqullangan edi. Fraksiyada ushbu qonun loyihasini tashabbuskorlarga qaytarish bo'yicha qaror qabul qilindi.
Nodir Tilavoldiyev: ushbu qonun loyihasi muhokama qilinganda biz bu xalqaro normalarga zid, O‘zbekiston bunday tartibni joriy qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi, deya eʼtiroz bildirgan edik. Chunki OIV tekshiruvidan o‘tish majburiy emas, ixtiyoriy bo‘lishi kerak.