Endi “pedofil”lar umrbodga qamaladi


1076     17.02.2026

Prezident tomonidan tasdiqlangan "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili" davlat dasturida ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, jumladan, “pedofiliya” uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish belgilangani bejizga emas. Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bugun global muammoga aylandi.

Qonunchiligimizda bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, ayniqsa, jinsiy zo‘ravonlikka nisbatan qatʼiy jazo belgilanganiga qaramay, afsuski, bunday jinoyat kam bo‘lsada, sodir etilyapti. Bu kabi jinoyatlar to‘xtamayotgani eʼtiborga olinib, "Milliy tiklanish" fraksiyasi aʼzolari bolalar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq qonun loyihalari muhokamasida bu boradagi jazo choralarini kuchaytirish, ayniqsa, "pyedofil"larga nisbatan hech qanday murosasozlik qilmaslikni taklif etib kelalayotgan edi. 

Chunki minglab bolalar narkoman, alkogol, beshafqat ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchilar tomonidan tahqirlanib ulg‘aymoqda. Bolalikda uchralgan nafrat va adovat esa vahshiy jinoyat bo‘lib jamiyatga qaytib kelmoqda.