Mahalla o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi


743     23.02.2026

Fraksiya yig‘ilishi Prezidentning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmon muhokamasi bilan boshlandi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov islohotlar dasturlari va strategiyaning "Milliy tiklanish" uchun ahamiyati haqida gapirib, partiya dasturida mahallani rivojlantirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilanganini taʼkidladi.

– So‘nggi yillar mahalla tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Mahalla o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi, rivojlanadi, – dedi fraksiya rahbari.