Ombudsmanga ma'lumot taqdim etmagan vazirliklar


643     23.02.2026

Fraksiya muhokamasi Bola huquqlari bo‘yicha vakil – Bolalar ombudsmanining 2025-yildagi faoliyati muhokamasi bilan davom etmoqda. Deputatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Ichki ishlar vazirliklarining bolalar huquqlari bilan bog‘liq ayrim maʼlumotlarni ombudsmanga taqdim etmaganlik masalasini ko‘tardi.

Kozim Tojiyev: aynan bolalar huquqlari bilan bog‘liq vazirliklarning zarur ma'lumotlar taqdim etmaganini, albatta, oqlab bo‘lmaydi. Bu holat mazkur davlat idoralariga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.