Maktabgacha taʼlim qamrovi 78 foizga yetdi


635     23.02.2026

Deputatlar "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yili bo‘yicha davlat dasturi ijrosini partiya g‘oyalaridan kelib chiqib muhokama qilishga kirishdi.

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamovning taʼkidlashicha, har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish yo‘nalishida taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish hamda qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 135 ta yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilib, qamrov 78 foizga yetkazildi. Xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va kitobxonlik loyihalariga 7,8 mln yoshlar jalb etilib, Xalqaro imtihon topshirish xarajatlari kompensatsiyasi bo‘yicha 17,3 ming yoshlarga 38,7 mlrd so‘m ajratilgan.