2026-yilning 26–28 fevral kunlari "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari tomonidan saylov okruglarida uchrashuvlar o‘tkaziladi.


683     26.02.2026

Uchrashuvlar doirasida mahalliy Kengashlarga partiyadan saylangan deputatlar va Yoshlar parlamenti a’zolari bilan quyidagilar maqsad qilinmoqda:

✅ fuqarolar bilan sayyor qabullar, yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazish hamda "Deputat qabuli"ni tashkil etish;

✅ yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish;

✅ “Tarbiya” fani darsligi hamda uni o‘qitish holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish;

✅ qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan aholini xabardor qilish va takliflarni qabul qilish;

✅ hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari holatini o‘rganish;

✅ aniqlangan muammolar va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.