583 26.02.2026
Deputat Abdulhakim Eshboyev Surxondaryodagi o‘rganishlarida dastlab Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov hamrohligida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot klasteri faoliyati bilan tanishdi. Loyiha qiymati 86,4 mlrd so‘m bo‘lgan “tibbiyot klasteri” 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, endi surxondaryoliklar davolanish uchun uzoq shaharlarga ham vaqtini, ham naqtini sarflab borishi shart emas. Zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan markazda bugun o‘ta murakkab jarrohlik amaliyotlari ham o‘tkazilmoqda.
Poytaxtdan borgan vakillar Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida dual taʼlim bo‘ycha qilinayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Ushbu taʼlim tizimi Germaniya, Avstriya, Shveysariya hamda Koreya kabi davlatlarda keng qo‘llanilmoqda va katta natijaga erishilyapti.