Tarixiy o‘zgarishlarga asos bo‘luvchi imtiyozlar


470     26.02.2026

Yuqori Chirchiq tuman texnikumida yoshlar bilan uchrashgan Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Ibrohim Jo‘raboyev Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tgan muloqoti ahamiyati haqida gapirib, bu voqea Yangi O‘zbekistonda tarixiy o‘zgarishlarga asos bo‘lishini taʼkidladi.

– Uchrashuvda biz – yoshlarga 70 ga yaqin yangi imtiyozlar paketi eʼlon qilindi. Bu, shubhasiz, Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan katta ishonchidir. Endi navbat millatimiz tayanchi bo‘lgan tengdoshlarimizga. Bizdan yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shish, yuksaltirish, asrash va himoya qilish, kerak bo‘lsa, unga sadoqat bilan xizmat qilish so‘ralyapti, xolos, – dedi “Milliy tiklanish” yoshlari faoli.