668 26.02.2026
Fraksiya aʼzolari Zuhra Mirg‘oziyeva va Davron Aripovlarning Toshkent viloyatidagi o‘rganishlari Yuqori Chirchiq tuman texnikumida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bilan boshlandi. Tuman hokimi Uskenbay Atemov ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda Prezidentimizning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmoni hamda yoshlar bilan o‘tgan muloqotning mazmun-mohiyati muhokama qilindi.
– 22 millionli yoshlarimiz katta iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy kuchga ega va ular yurtimizning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Shu jihatdan yoshlar hayotiga, kelajagiga befarq bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan Z.Mirg‘oziyeva.