494 27.02.2026
Hududlarga o‘rganishga chiqqan deputatlar fuqarolar bilan sayyor qabullar, yuzma-yuz muloqot va "Deputat qabul"larini o‘tkazmoqda. Jumladan, Nigora Lutfullayeva Denov tumani “Nurli manzil” mahallasi fuqarolari murojaatlarini o‘rgandi. Uchrashuvda bugun eng ustuvor masalaga aylangan ish bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘p murojaat bo‘ldi. Ayollar asosan mutaxassisligi va mehnat tajribasiga mos ish o‘rni topishda ko‘mak so‘radi.
Deputat murojaatlarni atroflicha o‘rganib, tegishli mutasaddilar, bandlik bo‘limi vakillari, tadbirkorlar bilan uchrashdi va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.