549 27.02.2026
Sirdaryo tumani “Kamolat” mahallasi aholisi bilan uchrashgan Sherzod Qulmatov saylovchilari murojaatlarini joyida hal qilish choralarini ko‘radi. Xususan, yotib davolanishga moliyaviy imkoniyati yetmayotgan Gulchehra Ernazarovaning murojaati deputatning viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokoriga qilgan qo‘ng‘irog‘i orqali hal etildi. Fotima Mahkamovaning o‘g‘lini to‘lov-kontraktini to‘lay olmayotgani bilan bog‘liq murojatini esa deputat o‘z nazoratiga oldi.
Qonunchilik palatasi deputati tuman tibbiyot birlashmasida ham bo‘lib, shu yerda davolanayotgan bemorlar bilan shart-sharoitlar, “maishiy korrupsiya” masasalarida suhbatlashdi