670 27.02.2026
Jahongir Shirinovning Qorako‘l tumanidagi o‘rganishlari “Qozon” mahallasi aholisi uchrashuvi bilan boshlandi. Deputat shu kunlarda o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ahamiyati haqida maʼlumotlar berdi. So‘ngra aholi murojaatlarini qabul qilib, “yettilik” vakillari bilan Prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash masalasida o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar bo‘yicha suhbatlashdi.
Tumandagi 19-sonli maktabning sport zali holati o‘rganilganda uning 1960-yilda qurilgani va bugun talabga javob bermay qolgani aniqlandi. Deputat Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab “Amu–Qorako‘l” kanali qirg‘og‘ida barpo etilayotgan “Sohil bo‘yi” saylgohi qurilish jarayonlari bilan ham tanishdi.