Qarovsiz qoldirilgan ziyoratgoh


653     27.02.2026

Sayyora Jumayeva Farg‘onaning Furqat tumanidagi o‘rganishlari avvalida madaniy meʼros obyektlarining bugungi holati bilan tanishdi. Jumladan, tarixi Qo‘qon xonligiga borib taqaladigan va hamon aholini o‘ziga jalb etib kelayotgan “Abdulqahhor ota” ziyoratgohi o‘rganildi. Ushbu obidaning holati yaxshi, lekin milloddan avvalgi II asrga tegishli bo‘lgan “Jaloyertepa” yodgorligi qarovsiz qoldirilgan. Ziyoratchilar esa bundan norozi. Deputat ushbu masalada tegishli masʼullar bilan chora-tadbirlarni belgilab oldi.

Qonunchilik palatasi deputati 8-sonli maktabda ham bo‘lib, “Tarbiya” fanining o‘qitilish jarayonlari bilan tanishdi. Chunki yoshlarning taʼlim-tarbiyasini yanada mustahkamlash, ularni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimiz ruhida voyaga yetkazish bugun har qachongidanda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.