576 27.02.2026
Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni - “Yoshlar kuni” etib belgilanishi taʼkidlangan edi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar mudofaa ishlari bo‘limida tashkil etilgan “Uch avlod” uchrashuvida qatnashgan deputat Vasila Fayziyeva Prezidentimizning ushbu tashabbusi yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqishda, faxriylar bilan uchrashuvlar esa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini taʼkidladi.
Poytaxtda o‘rganishlar olib borayotgan Qonunchilik palatasi vakili mahalliy deputatlar hamrohligida Mirobod tumanidagi 214-sonli maktabda tashki etilgan tayanch harbiy vatanparvarlik yo‘nalishidagi “Jasorat” maktabi faoliyati bilan ham tanishdi. “Tarbiya”, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanlarining o‘qitilish jarayonlarini o‘rgandi