Biznes vakillarining 35 foizini yoshlar tashkil etadi


561     27.02.2026

Fraksiya aʼzolari Bahodir Mamatxonov va Kozimjon Tojiyevlar bu safar Navoiy viloyatining Konimex tumanida o‘rganishlar olib bormoqda. Deputatlar dastlab Konimex tumani texnikumida bo‘lib, Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti va unda yosh tadbirkorlar uchun eʼlon qilingan yangi imtiyozlarning mazmun-mohiyati muhokama qilindi. “Navro‘z” mahallasi “yettiligi” bilan suhbatda ham asosiy eʼtibor yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga bu boradagi muammolarni hal etishda ko‘maklashish masalalariga qaratildi.

– Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etadi, xolos. Mamlakatimiz aholisining 22 milliondan ziyodini yoshlar tashkil etishini, ularning tadbikorlik bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilganini eʼtiborga olsak, albatta, bu ko‘rsatkich talab darajasida emas, – dedi B. Mamatxonov.