Mahalla tinch bo‘lsa, mamlakat tinch bo‘ladi


467     27.02.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni jamoat xavfsizligi masalasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ayrim mahalla profilaktika inspektorlari haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotgani tanqid qilingan edi. Bu ayrim mahallalarda jinoyatchilik ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Namangan shahrida o‘rganishlar olib borayotgan Dilnoza Azizova asosiy eʼtiborni ushbu masalaga qaratib, “Alpomish” va “Majnuntol” mahallalari raislari va profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi. Mahalla xavfsizligi, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar bandligi va “yettilik” faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama mavzusi bo‘ldi. Uchrashuvda amaldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.