692 02.03.2026
Jumanazar Otajanov issiqxona va tomorqa xo‘jaligi faoliyatini o‘rganish maqsadida Yangibozor tumanining “Hamid Olimjon” mahallasida bo‘ldi. Yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi, suv va energiya ta’minoti, tomorqachilikni rivojlantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Uchrashuvlarda kommunal to‘lovlarni yengillashtirish, imtiyozlarni kengaytirish bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi.
Deputat tomorqa egalarining nima uchun qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olingani haqidagi savoliga javob berarkan, bunday tadbir dunyo amaliyotidan kelib chiqib tashkil etilgani va bu kelajakda agrar sohani rivojlantirish uchun asosiy statistik manba bo‘lishini ta’kidladi.