Deputat va yoshlar uchrashuvi


555     02.03.2026

Azamat Pardayevning Oqdaryo tumanidagi o‘rganishlari deputat va yoshlar uchrashuvi bilan boshlandi. Xalq vakili Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tgan ochiq muloqotining ahamiyati haqida gapirib, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy qadriyatlarimiz va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi uchun ham ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda yoshlarning orzu-istaklari, maqsadlari haqida ham suhbatlashilib, kelajak yo‘lini to‘g‘ri tanlab olishlari uchun zarur tavsiyalar berildi.