Globallashayotgan dunyoda yoshlar tarbiyasi


490     02.03.2026

Qarshi shahrida o‘rganishlar olib borgan Jahongir Mamajonov asosiy e’tiborni maktablarda “Tarbiya” fanining o‘qitilish jarayonlariga qaratdi. Shu maqsadda, 1 va 10-sonli maktablar o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan uchrashib, ushbu fanning ahamiyati haqida suhbatlashdi.

Deputatning ta’kidlashicha, bugun globallashayotgan dunyoda yoshlar ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim muassasalarida ma’naviy-marifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.