Deputat tog‘li hududlardagi “yettilik” faoliyatini o‘rgandi


503     02.03.2026

Mahalla “yettiligi”ga islohotlarning har bir xonadonga kirib borishini ta’minlovchi asosiy kuchlardan biri sifatida qaralayotgani bejiz emas. Bu tuzilmaga shunday vazifalar yuklanganki, mahalla va unda yashovchi aholining hayotini har jihatdan yaxshilashga xizmat qiluvchi barcha ishlar bilan shug‘llanish imkoniyati yaratilgan.

Dehqonobodning eng chekka tog‘li hududlari – Bozortepa, Obod, Kaltaminor va Boyqo‘rg‘on mahallalarida bo‘lgan deputat Farhod Zayniyev asosiy e’tiborni mahalla “yettiligi” faoliyatiga qaratdi. Prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va xavfsiz muhit yaratish, yoshlar masalalarida o‘tgan yig‘ilishlarda belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.