Korrupsiya – taraqqiyot dushmani


697     02.03.2026

Bugun maishiy korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish har bir mas'ul rahbarning eng muhim vazifasiga aylanib borayotgani bejizga emas. Ayniqsa, bu hol ko'p uchrayotgan xizmat ko‘rsatish sohalarida bu illat chuqur ildiz otgan. Buloqboshi tumani Tibbiyot birlashmasida mazkur masalani muhokama qilgan deputat Baxtiyor Maniyazov maishiy korrupsiya nafaqat jamiyat, balki taraqqiyot dushmani ekanini qayd etdi. 

Shu bilan birga deputat Do'lana mahallasida ham bo'lib, "O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklar, oilaviy ajrimlar va yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.