Farg‘onalik yoshlarning 8 million dollarli loyihasi


497     02.03.2026

Farg‘ona viloyatida o‘rganishlar olib borayotgan Nodirbek Tilavoldiyev Farg‘ona yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishdi. Yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning amaliy natijalari hamda hududda innovatsion muhitni yanada rivojlantirish masalalarini o‘rgandi.

Startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tgan yili tashkil etilgan texnoparkda 3D modellashtirish, IT dasturlash, sun’iy intellekt, elektrotexnika, robototexnika kabi sohalarda yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyati oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 8 million AQSH dollariga teng bo‘lib, uni 2026-2029-yillarda amalga oshirish mo‘ljallangan.