Yangi ish o‘rni yaratilayotgani yaxshi, biroq...


515     02.03.2026

Deputat Nazira Muxtorova asosiy e’tiborni ijtimoiy masalalarga qaratdi. Jumladan, Sharof Rashidov tumani Yangiobod mahallasida o‘zini-o‘zi band qilgan hamda tadbirkorlik orqali yangi ish o‘rni yaratgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi. “Tadbirkor Botir Sa’dullayevning milliy cholg‘u asboblarini yasash bilan shug‘ullanib, 8 fuqaroni ishli qilgani e’tiborga loyiq. Biroq ustaxonada ishchilar uchun yetarlicha sharoit yaratilmagan, mehnat muhofazasi va huquqlariga doir belgilangan majburiyatlar bajarilmagan”, – deydi deputat.
 
Nazira Muxtorova viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosida uch tomonlama shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik korxonasida ham bo‘lib, xotin-qizlarning mehnati va g‘ayratiga guvoh bo‘ldi. Korxonada 5 nafar ayolning bandligi ta’minlangan bo‘lib, “ustoz–shogird” an’anasi asosida amaliy darslar ham tashkil qiligan.