675 02.03.2026
Yig‘ilishda asosiy masala – deputatlarning hududlardagi o‘rganishlari muhokama qilindi. 26–28 – fevral kunlari saylov okruglarida bo‘lgan fraksiya aʼzolari 299 ta obyektda bo‘lib, aholi bilan 230 ta uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda saylovchilar tomonidan jami 199 ta masala ko‘tarilgan bo‘lib, 59 tasi, yaʼni 29,6 foizi joyida hal etildi. Sohalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, eng ko‘p masala taʼlim, sog‘liqni saqlash va mahallalar faoliyati bo‘yicha bo‘ldi.