“Milliy tiklnaish” vakili “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


552     05.03.2026

 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyat va davlat hayotida faollik ko‘rsatgan, samarali mehnati bilan oila farovonligi mustahkamlanishi, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibrat  ko‘rsatayotgan bir guruh ayollar "Moʻtabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular orasida partiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Dilfuza Jalilova ham bor. 

“Milliy tiklanish” jamoasi partiyadoshimizni ushbu mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi ishlariga omad tilaydi!