681 06.03.2026
Shu munosabat bilan partiyaning Xorazm viloyati Kengashi raisi, Urganch davlat tibbiyot instituti rektori Rashid Ro‘zibayevning iqtidorli yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda talabalarning ilmiy-tadqiqot, startap loyihalar, akademik mobillik dasturlaridagi ishtiroki, chet tillarni o‘rganish, klinik amaliyot sifati bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Rektor tomonidan yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan vazifalar belgilandi. Xususan, ilmiy to‘garaklar faoliyati kengaytiriladi, iqtidorli talabalar grant va tanlovlarga tayyorlanadi, ularning respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda ishtiroki taʼminlanadi.