Eng og‘riqli muammolarga yechim


575     10.03.2026

Fraksiya yig‘ilishi Prezidentning ayollar va bolalar himoyasini kuchaytirish, ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan Farmoni muhokamasi bilan boshlandi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu hujjat jamiyatdagi eng og‘riqli muammolarni yechishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishini taʼkidladi.

– Deputatlarimiz Farmon ijrosini taʼminlashda faol bo‘lmog‘i lozim. Chunki unda partiyamiz g‘oyalariga hamohang bo‘lgan vazifalar, jumladan, talaba onalar va 3 yoshgacha farzandi bor ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilangan, – dedi fraksiya rahbari.