“El-yurt umidi” kelishuvlari buzilmoqda


862     10.03.2026

So‘nggi yillarda “El-yurt umidi” bitiruvchilari orasidan davlat idoralarida ishlab berish majburiyatini bajarmaslik, hatto yurtimizga qaytib kelmaslik holatlari kuzatilmoqda. Birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan sharnoma majburiyatlarini buzgan shaxslardan taʼlim uchun sarflangan mablag‘ni undirish bo‘yicha sudlarga daʼvolar kiritishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish nazarda tutilmoqda.

"El-yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan 2018–2025-yillarda 2225 nafar stipendiatlar 45 ga yaqin davlatga o‘qishga yuborilgan bo‘lib, buning uchun byudjetdan jami 1,5 trillion so‘m sarflangan.