732 11.03.2026
Jizzax viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan “IOO CARPET” MCHJ 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan gilam mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Eʼtiborli tomoni kichik korxonada 15 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan va chevarlarning asosiy qismini G‘allaorol tumanining uzoq Qo‘ytosh qishlog‘ida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar tashkil etadi.
Ichki va tashqi bozorlarga sotilayotgan korxona mahsulotlari yuz foiz o‘zbek ipagidan qo‘l mehnati asosida to‘qiladi va bu olinayotgan har bir buyurtmaga alohida majburiyat yuklaydi. Chunki qo‘l mehnati juda murakkab jarayon bo‘lib, hatto har bir tugun uchun alohida masʼuliyat talab etadi. Shu bois, to‘quvchilar ham davomiy tarzda har tomonlama rag‘batlantirilib boriladi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Saylovoldi dasturida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham vazifalar belgilangan bo‘lib, partiya milliy qadriyatlar himoyachisi sifatida “IOO CARPET” bilan doimiy hamkorlikka ega. Jumladan, bugungi kunda korxona tomonidan partiyaning targ‘ibot tadbirlarida foydalaniladigan materillari ishlab chiqarilmoqda.
Partiya ramzi tushirilgan gilamcha ko‘rinishi turkiyalik mashhur dizaynerlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, qo‘l mehnati asosida to‘qilishi uchun maxsus nusxalandi.
Hamdam Niyozov