Bitiruvchilar uchun “Karyera kuni”


631     13.03.2026

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda 40 dan ortiq davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot o‘tash imkoniyatlari hamda kasbiy faoliyatni boshlash shartlari haqida maʼlumotlar berildi.

Prezidentning 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida "Milliy tiklanish" vakillari ham bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti bilan ishtirok etdi. Ishtirokchilarga partiyaning yoshlar bandligini taʼminlash, salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tashabbuslari haqida maʼlumotlar berildi.