Hashar – o‘xshashi yo‘q qadriyat


472     14.03.2026

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan yurtimizda 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan hasharda partiya Markaziy kengashi xodimlari va fraksiya aʼzolari ham ishtirok etmoqda. Avvalo ish joylari tartibga keltirildi. Yon-atrof tozalanib, daraxtlar oqlandi, manzarali yangi ko‘chatlar o‘tqazildi.

Xalqimizga xos bag‘rikenglik, hamjihatlik bilan o‘tkazilayotgan hasharda partiyaning hududiy Kengashlari va mahalliy deputatlar ham faol qatnashmoqda.