Murojaatlar bilan ishlashda deputatlar faol bo‘lishi kerak


671     16.03.2026

Yig‘ilish avvalida Prezident raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash masalasida o‘tgan videoselektor muhokama qilindi. Fraksiya rahbari Alisher Qodirov ushbu yig‘ilishning ahamiyati haqida gapirib, aholi boshiga murojaatlar soni kamaygan bo‘lsada, ayrim hududlarda ko‘payganini taʼkidladi. Bu murojaatlar bilan hamma joyda birdek ishlanmayotganini, jumladan, o'z vaqtida javob qaytarilmayotgan deputatlik so'rovlarida ham ko‘rinadi.   

– Shu bois, barcha darajadagi deputatlar hududlarga o‘rganishga chiqqanida aholi murojaatlari bilan ishlashda yanada faol bo‘lishi kerak, – dedi fraksiya rahbari.