Ehtiyot bo‘ling, qarz sizga qimmatga tushadi!


505     16.03.2026

Xorijiy tajribadan kelib chiqib, qonunchilikka isteʼmolchilarni moliyaviy xatarlardan himoya qilish maqsadida yuqori foizli kreditlar reklamasiga yangi talablar kiritilmoqda. Aksariyat mamlakatlarda kredit bilan bog‘liq reklamalarda isteʼmolchi "Ehtiyot bo‘ling, qarz sizga qimmatga tushadi!" mazmunida ogohlantiriladi.

Farhod Zayniyev: ushbu qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Chunki muammoli kreditlar tobora oshib bormoqda va ayrim banklar turli yo‘llar bilan aholini yanada ko‘proq kredit sirtmog‘iga ilintirishga harakat qilmoqda.