472 16.03.2026
2006-yilda qabul qilingan "Xavfli ishlab chiqarish obyektlari va potensial xavfli obyektlarning sanoat xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonun bugungi kun talablariga javob bermay qoldi. Shu bois, yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha qizg‘in muhokama qilinib, ikkinchi o'qishda ayrim moddalarga aniqlik kiritish sharti bilan birinchi o‘qishda maʼqullandi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida 389 bor baxtsiz hodisalar yuz bergan. Bundan 139 nafar fuqaro vafot etgan, 474 nafar shaxs jarahotlangan. Moliyaviy zarar esa 44,4 milliard so‘m.