KELAJAKKA QO‘YILGAN STRATEGIK QADAM


1876     19.03.2026

Mamlakatimizda sanoatni jadal rivojlantirish, tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan tarmoqlarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan. Ayniqsa, tog‘ kon va metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Shu yil 16-mart kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasining birinchi navbati ishga tushirilishi bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini yaqqol namoyon etdi. Qiymati 2 mlrd. 700 mln. dollar bo‘lgan ushbu yirik loyiha nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik sanoat majmua laridan biri sifatida strategik ahamiyatga ega. Fabrikaning yiliga 60 mln. tonna ma’danni qayta ishlash va 900 ming tonna mis konsentrati ishlab chiqarish quvvatiga egaligi uni dunyodagi yetakchi sanoat obyektlari qatoriga olib chiqadi. Eng muhimi, mazkur loyiha orqali tabiiy boyliklarni xomashyo holatida emas, balki chuqur qayta ishlangan mahsulot sifatida iqtisodiyotga jalb qilish imkoniyati kengaymoqda.

Yana bir muhim jihati shundaki, keyingi yillarda qimmatbaho metallarni xomashyo holatida eksport qilishdan bosqichma-bosqich voz kechilib, ularni mamlakatimizda qayta ishlab yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar boshqaruvi” platformasining joriy etilishi esa har bir loyihani uch yil davomida monitoringdan o‘tkazish orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. yaratishga o‘tish ta’minlanmoqda. Masalan, bugungi kungacha yiliga 100 ming tonna misni chuqur qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, yaqin yillarda bu ko‘rsatkich bir necha barobarga oshishi kutilyapti.

Mazkur megaloyihada Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning yetakchi kompaniyalari ishtirok etgani, zamonaviy texnologiyalar va raqamli boshqaruv tizimlari joriy qilingani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Barcha ishlab chiqarish jarayonlarining raqamlashtirilishi va sun’iy intellekt asosida boshqarilishi natijasida energiya sarfi 10 foizga, tannarx esa 15 foizga kamayishi kutilmoqda.

 Bu – sanoatni zamonaviy bosqichga olib chiqishda raqamli transformatsiya va innovatsiyalarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanidan dalolat. Ayniqsa, loyiha doirasida 6 mingdan ziyod yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgani aholi bandligini ta’minlashda alohida rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, sohada talab qilinadigan yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyojni qondirish maqsadida Olmaliq texnika instituti, “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti” universiteti filiali, Geologiya fanlari universiteti kabi ta’lim muassasalarining tashkil etilgani, dual ta’lim tizimi va xalqaro hamkorlik dasturlarining yo‘lga qo‘yilgani ijobiy natijalar bermoqda.

Mamlakatimizda investitsiyalarni jalb qilish ko‘lami kengayib borayotgan bir paytda, ularning haqiqiy iqtisodiy samaradorligini ta’minlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, endilikda investitsiya loyihalarini faqat ishga tushirish emas, balki ularning to‘liq quvvatda ishlashi, eksportga yo‘naltirilishi va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatilishi eng to‘g‘ri yondashuvdir. “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” platformasining joriy etilishi esa har bir loyihani uch yil davomida monitoringdan o‘tkazish orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Olmaliqda ishga tushirilgan 3-mis boyitish fabrikasi yirik sanoat obyekti bo‘libgina qolmay, balki Yangi O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining amaliy natijasi, sanoat taraqqiyotining yangi bosqichi va kelajakka qaratilgan strategik qadamdir. Bu kabi megaloyihalar orqali mamlakatimizda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga mustahkam zamin yaratilmoqda.

Odiljon MAMATKARIMOV,

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.