Har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda


480     24.03.2026

Bugundan fraksiya aʼzolarining hududlarda o‘rganishlari boshlandi. Jumladan, Surxondaryoning Oltinsoy tumanida bo‘lib turgan Abdulhakim Eshboyev asosiy eʼtiborni ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash masalasiga qaratmoqda. Shu maqsadda masʼul idoralar vakillari, mahalliy deputatlar bilan uchrashib, yoshlarga xalqaro mehnat bozorida ham talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish, bu borada yaratilgan imkoniyatlar masalasida suhbatlashdi.

Maʼlumki, har yili 600 ming yosh mehnat bozoriga kirib kelmoqda va 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 millionga yetishi kutilyapti. Shu jihatdan yoshlarga o‘z imkoniyati va qiziqishiga mos ish topishi uchun sharoit yaratish, ko‘maklashish eng muhim masala hisoblanadi.