663 24.03.2026
Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi “Chinobod” va “Do‘stlik” mahallalari hamda taʼlim maskanlarida bo‘lgan Jumanazar Otajanov masʼullar va aholi bilan uchrashib, tashabbusli byudjet bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Jumladan, “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”dagi qaror ijrosi, deputatlarning ushbu jarayondagi ishtiroki, loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Maʼlumki, ushbu qarorga ko‘ra, tashabbusli byudjet doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihani deputat tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb eʼlon qilish, Qonunchilik palatasida mazkur jarayonlar ustidan parlament nazoratini olib borish va bu borada byudjet so‘rovini shakllantirish belgilangan.