561 25.03.2026
Maʼlumki, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylov okruglaridagi ijtimoiy masalalarni hal etishda tashabbuskorligini kuchaytirish maqsadida har bir deputatga yiliga BHMning sakkiz ming baravari miqdorida mablag‘ ajratish, uni tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarga sarflash belgilangan edi.
Navbahor tumanida o‘rganishlar olib borayotgan Kozim Tojiyevning maʼlum qilishicha, ayni paytda tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Muhimligi va ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqib, ajratiladigan mablag‘ni qaysi loyihaga yo‘naltirish masalasi hal etiladi