874 25.03.2026
Go‘zal Samiyevaning Sariosiyo tumanidagi o‘rganishlari “Tortuli” mahallasidagi 68-oilaviy poliklinikadan boshlangani bejiz emas. Inson qadri tamoyiliga asoslangan Yangi O‘zbekiston islohotlarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Deputat poliklinikaning moddiy-texnik va dori-darmon taʼminoti, mavjud tibbiy jihozlar holatini o‘rgandi. Poliklinikaga kelgan fuqarolar bilan gaplashib, maishiy korrupsiya, tibbiy xizmat bo‘yicha fikr-mulohazalari, takliflarini eshitdi.