571 25.03.2026
Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Nazira Muxtorova o‘z yo‘nalishidan kelib chiqib, Jizzaxdagi o‘rganishlarida asosiy eʼtiborni ijtimoiy masalalarga qaratmoqda. Jumladan, deputat Jizzax shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga qarashli nogiron va yolg‘iz qariyalar maskani hamda yangi binoda faoliyatini boshlagan “Sangzor” mahallasida bo‘ldi.
Deputat kam taʼminlangan oilalar ro‘yxatida turuvchi Saodat Almamatova uchun mahalla binosidan xona ajratilib, tikuvchilik sexi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda “Ayollar daftari”da turuvchi xotin-qizlar uchun bepul tikuvchilik kursi tashkil etilganini yuqori baholadi. Nazira Muxtorova, shuningdek, tadbirkor Xolisxon Boboyeva tashabbusi bilan xorijiy investitsiya asosida qurilayotgan pillaxona faoliyati bilan ham tanishdi.