Tashabbusli byudjet g‘oliblari soni yana bittaga ko‘paydi


677     25.03.2026

Dilnoza Azizova Prezident qarori bilan ijtimoiy masalalarni hal etishdagi deputatlar tashabbuskorligini kuchaytirish maqsadida xalq vakili o‘zi uchun ajratilgan mablag‘ni Norin tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga sarflaydigan bo‘ldi. Mahalliy Kengash vakillari hamrohligida tumandagi tashabbusli byudjetda g‘olib bo‘lmagan loyihalarni o‘rgangan deputat chorak asr oldin qurilgan ushbu texnikumning qayta ta'mirlash ishlarini kechiktirib bo‘lmaydigan loyiha sifatida baholadi.

Deputat, shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumanida ham bo‘lib, bir fuqaroning “e-auksion” elektron savdo platformasi orqali olingan yer bilan bog‘liq muammosini ham o‘rgandi.